Sanatoriyalar uchun

Sanatoriyangizni yagona tizimda boshqaring

Bronlar, moliya, mijozlar va xodimlarni bitta panelda kuzatish imkoni

Modullarni ko‘rish
  • Brauzer va telefon yetarli
  • Oson va tushunarli
  • Bepul trening
Muammo

Excel’da raqamlarni ko‘rasiz, muammo esa noaniqligicha qoladi

Hozir:

  • Hujjatlarda chalkashlik va qog‘ozbozlik
  • Bronlar va ro‘yxatga olishdagi xatolar
  • Mijozlar tarixi va hujjatlarning yo‘qolishi
  • Ma’lumotlarni faqat oy oxirida ko‘rish

Medinson bilan:

  • Hisobotlar bitta dashboardda avtomatik yig‘iladi
  • Bronlar kalendarda aniq ko‘rinadi
  • Mijozlar bazasi va tashrif tarixi saqlanadi
  • Butun jarayonlarni real vaqtda kuzata olasiz
Modullar

Yagona tizim – cheksiz imkoniyatlar

Har bir bo‘limdagi jarayonlarni bitta tizimdan boshqaring va nazorat qiling

Xonalar va o‘rinlar bandligi

Bandlik kalendari: bo‘sh, band va zaxiradagi o‘rinlar bir ekranda.

Bronlarni boshqarish

So‘rovdan to joylashtirishgacha: muddat, xona turi, avans va bron holati bitta kartochkada yuritiladi.

Davolash xizmatlari

Davolash paketlari va alohida muolajalar mijozga biriktiriladi, bajarilishi va qoldiq seanslar kuzatiladi.

Shifokorlar jadvali

Shifokor va muolaja xonalari yuklamasi taqsimlanadi, qabullar mijozning yashash muddatiga moslanadi.

Mijozlar tarixi

Har bir mijozning oldingi kelishlari, olgan muolajalari va to‘lov intizomi saqlanadi — takroriy sotuv uchun asos.

Ovqatlanish va qo‘shimcha xizmatlar

Ovqatlanish turi va kunlik soni real bandlikdan olinadi.

NFC mijoz kartalari

Mijoz kartasini bosish orqali xizmat qayd etiladi: kim, qachon va qaysi muolajani olgani aniq bo‘ladi.

Moliyaviy nazorat

Tushum, avans, qoldiq va xarajatlar.

Call-markaz va marketing

Qo‘ng‘iroqlar, aloqa tarixi va reklama manbalari.

Xodimlar boshqaruvi

Smenalar, davomat va huquqlar.

Masofaviy boshqaruv

Biznesingiz doim nazorat ostida

Hisobotni kutib o‘tirmaysiz, kerakli ma’lumotni telefon yoki noutbuk orqali istalgan paytda ko‘rishingiz mumkin

Qulay boshqaruv – samarali natija

Farqi nimada?

Oddiy tizim vs Medinson

Medinson’ning oddiy tizimlardan afzalligi interfeysdayoq seziladi.

Eskicha tizimMedinson
  • Bitta bron uchun 20+ maydon kerak

    4 ta maydon va 20 soniya kifoya

  • Ma’lumot tartibsiz ustunlarda saqlanadi

    Kerakli ma’lumotni osongina topasiz

  • Mijozlar bazasida aniqlik yo‘q

    Tashriflar tarixi aniq ko‘rinadi

Qulaylik
  • Foydalanishga qulay

    Medinson brauzer va telefonda ishlaydi. Istalgan joydan turib foydalana olasiz.

    Murakkabliklar yo‘q

  • O‘rganishga 1 kun kifoya

    Administratorlar 1 kundayoq tizimga o‘rganib, erkin foydalanishni boshlaydi.

    Xodim almashsa ham muammo bo‘lmaydi

  • Hammasi bir tizimda

    Bronlar, shifokorlar jadvali, xonalar holati, ovqatlanish va moliya hisobotlari 1 tizimda.

    Sanatoriya uchun moslashtirilgan

Jarayon

5 qadamdayoq ishga tushadi

Tizimni faollashtiramiz va xodimlaringiz uchun bepul trening o‘tkazamiz

  1. O‘rganish

    Biznes jarayonlari tahlili

  2. Moslashtirish

    Kerakli modullar tanlovi

  3. Ma’lumotlar

    Baza tizimga ko‘chiriladi

  4. O‘qitish

    Xodimlar uchun trening

  5. Ishga tushirish

    Nazorat va texnik yordam

Natija

Tizim joriy etilgach nima o‘zgaradi

  • Bir o‘rin ikki mijozga sotilmaydi — bandlik kalendari bitta manbadan yuritiladi.

  • Kunlik ovqatlanish soni real bandlikdan olinadi, oshxona taxminga tayanmaydi.

  • Har bir reklama kanali bo‘yicha murojaat, bron va tushum taqqoslanadi.

Savollar

Sanatoriya bo‘yicha ko‘p so‘raladiganlar

NFC kartalar majburiymi?

Majburiy emas. NFC kartalar xizmatlarni tez va xatosiz qayd etish uchun qulaylik beradi, ammo tizim ularsiz ham to‘liq ishlaydi — xizmatni xodim qo‘lda belgilashi mumkin.

Davolash paketlarini o‘zimiz sozlay olamizmi?

Ha. Paket tarkibi, seanslar soni, narx va muddati sanatoriyaning o‘z narxnomasi asosida sozlanadi. Keyinchalik o‘zgartirish ham mumkin.

Ovqatlanish hisobi qanday shakllanadi?

Kunlik ovqatlanish soni real bandlik va mijozga biriktirilgan ovqatlanish turidan avtomatik hisoblanadi. Oshxona shu ma’lumotga tayanib ishlaydi.

Mavsumiy yuklamani oldindan ko‘rish mumkinmi?

Bandlik kalendari va analitika kelgusi haftalar va oylardagi bronlarni ko‘rsatadi. Bu narx va marketing bo‘yicha oldindan qaror qabul qilish imkonini beradi.

Keyingi qadam

Bepul konsultatsiyaga yoziling

  • Batafsil ma’lumot beramiz
  • Sanatoriyangizga mos yechim tanlaymiz
  • Aniq narxlarni hisoblab beramiz
  • Tizim qanday ishlashini ko‘rsatamiz
+998 99 305 55 35