Statsionar klinikalar uchun

Klinikangizdagi har bir bemor — nazorat ostida.

Bemorni qabul qilishdan to yakuniy hisob-kitobgacha bo‘lgan butun yo‘l bitta tizimda yuritiladi: yotoq o‘rinlari, shifokorlar jadvali, tayinlangan xizmatlar, to‘lovlar va hisobotlar bir-biriga bog‘langan holda ishlaydi.

Modullar ro‘yxati
Nimani hal qiladi

Statsionar klinikalar boshqaruvida eng ko‘p uchraydigan muammolar

  • Bemor ma’lumotlari tarqoq

    Qabul daftari alohida, shifokor yozuvlari alohida, kassa alohida. Bemor tarixini yig‘ish uchun bir necha bo‘limga murojaat qilinadi.

  • Bo‘sh o‘rin bormi — noaniq

    Yotoq o‘rinlari bandligi qo‘lda hisoblanadi. Natijada yoki bemor rad etiladi, yoki palata ikki marta band qilinadi.

  • Shifokor yuklamasi o‘lchanmaydi

    Kim qancha bemor qabul qilgani va qancha xizmat ko‘rsatgani aniq emas — rag‘batlantirish ham, nazorat ham subyektiv bo‘lib qoladi.

  • Xizmat yozilmasa — pul yo‘qoladi

    Tayinlangan, ammo hisobga olinmagan muolaja va tahlillar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotilgan daromad demakdir.

  • Hisobot oy oxirida tug‘iladi

    Moliyaviy natija faqat oy yopilgach ma’lum bo‘ladi. Qaror qabul qilish uchun esa kech.

Modullar

Statsionar klinikalar uchun tizim tarkibi

Har bir modul alohida ishlaydi, ammo barcha ma’lumotlar yagona bazada birlashadi.

M-01

Bemorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish

Yagona bemor kartasi: shaxsiy ma’lumotlar, murojaat sababi, biriktirilgan shifokor va butun davolanish tarixi.

M-02

Yotoq o‘rinlari nazorati

Palatalar va o‘rinlar bandligi real vaqtda: bo‘sh, band va bo‘shash arafasidagi o‘rinlar bir ekranda.

M-03

Shifokorlar yuklamasi

Har bir shifokor bo‘yicha qabullar soni, ko‘rsatilgan xizmatlar va ish jadvali — o‘lchanadigan ko‘rsatkichlarda.

M-04

Tibbiy xizmatlar

Xizmatlar narxnomasi, bemorga tayinlash va bajarilishini kuzatish. Bajarilgan har bir xizmat hisobga tushadi.

M-05

To‘lovlar va qarzdorlik

Oldindan to‘lov, qoldiq va qarzdorlar ro‘yxati. Kassa harakati va to‘lov turlari bo‘yicha to‘liq shaffoflik.

M-06

Moliyaviy hisobotlar

Tushum, xarajat va sof natija — kunlik kesimda. Bo‘limlar va xizmatlar bo‘yicha rentabellik tahlili.

M-07

Xodimlar nazorati

Lavozimlar, ish vaqti, davomat va huquqlar. Kim qaysi amalni bajargani tizim tarixida saqlanadi.

M-08

Analitika va dashboard

Bemorlar oqimi, o‘rtacha chek, band o‘rinlar ulushi va murojaat manbalari — bitta boshqaruv panelida.

M-09

Ma’lumotlar xavfsizligi

Rollarga asoslangan kirish huquqlari: har bir xodim faqat o‘z ishi uchun zarur ma’lumotni ko‘radi.

Jarayon

Mijozning yo‘li — to‘rt qadamda

  1. 01

    Qabul va ro‘yxat

    Bemor tizimga kiritiladi, shifokor va palata biriktiriladi, bo‘sh o‘rin avtomatik band qilinadi.

  2. 02

    Davolash jarayoni

    Tayinlangan xizmatlar, muolajalar va tahlillar bemor kartasiga yoziladi va hisobga olinadi.

  3. 03

    To‘lovlar

    Har bir xizmat hisob-fakturaga tushadi, to‘lov va qoldiq kassada real vaqtda aks etadi.

  4. 04

    Chiqish va tahlil

    Bemor chiqarilgach o‘rin bo‘shatiladi, yakuniy hisob yopiladi va natija analitikaga o‘tadi.

Natija

Tizim joriy etilgach nima o‘zgaradi

  • Bo‘sh va band yotoq o‘rinlari har qanday paytda aniq ko‘rinadi — resepshnga qo‘ng‘iroq qilish shart emas.

  • Tayinlangan har bir muolaja va tahlil hisobga tushadi, hisobga olinmagan xizmat qolmaydi.

  • Bemorning qabuldan chiqishgacha bo‘lgan butun tarixi bitta kartada saqlanadi.

Savollar

Klinika bo‘yicha ko‘p so‘raladiganlar

Tizim mavjud bemorlar bazasini qabul qiladimi?

Ha. Excel yoki boshqa dasturdagi bemorlar bazasi, xizmatlar narxnomasi va xodimlar ro‘yxati joriy etish bosqichida tizimga ko‘chiriladi — bu ish jamoamiz tomonidan bajariladi.

Bir nechta filialni bitta tizimdan boshqarish mumkinmi?

Mumkin. Har bir filial o‘z palatalari, xodimlari va kassasiga ega bo‘ladi, rahbar esa barcha filiallar bo‘yicha umumiy va alohida hisobotni ko‘radi.

Xodimlar ko‘rish huquqlari qanday chegaralanadi?

Kirish huquqlari rollar bo‘yicha beriladi: qabul xodimi, shifokor, kassir, bo‘lim boshlig‘i va rahbar turli ma’lumotlarni ko‘radi. Barcha amallar jurnalda qayd etiladi.

Joriy etish qancha vaqt oladi?

Odatda ma’lumotlarni ko‘chirish, sozlash va xodimlarni o‘qitish bilan birga bir necha hafta. Aniq muddat klinika hajmi va modullar soniga bog‘liq — bepul konsultatsiyada aytiladi.

Keyingi qadam

Statsionar klinikalar uchun tizimni jonli ko‘rib chiqamiz

Konsultatsiya davomida Medinson’ni sizning ish jarayoningizga moslab ko‘rsatamiz. Bepul, majburiyatsiz.

+998 99 305 55 35